Qirg‘izistonda hukumat a’zolariga to‘ylarga borish taqiqlandi

Qirg‘izistonda hukumat a’zolariga to‘ylarga borish taqiqlandi

Amaldorlarga isrofgarchilikka yo‘l qo‘yilgan tadbirlarga bormaslik tavsiya etildi.

Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi rahbari Oqilbek Japarov prezident administrasiyasi hay’ati yig‘ilishida hukumat a’zolariga «to‘yma-to‘y yurishni» taqiqladi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, prezidentning barcha farmon va ko‘rsatmalari o‘z vaqtida bajarilishi kerak. Vazirlar Mahkamasi rahbari Sadir Japarovning to‘y vaqtida chorva so‘yishni taqiqlash va isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymaslik haqidagi qaroriga alohida to‘xtalib o‘tdi.

«Agar biror joyda isrofgarchilikni ko‘rsangiz, u yerga bormang. To‘yma-to‘y yurmang», dedi Oqilbek Japarov.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!