Isroil G‘azo sektorida bosqinchilik va qirg‘inbarot urushini boshlaganiga 204 kun bo‘ldi

Isroil G‘azo sektorida bosqinchilik va qirg‘inbarot urushini boshlaganiga 204 kun bo‘ldi

Isroil G‘azo sektorida bosqinchilik va qirg‘inbarot urushini boshlaganiga 204 kun bo‘ldi. 24 soat davomida G‘azo sektori, Iordan daryosining G‘arbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir bo‘lgan asosiy voqealar.

▪️ Bosqinchilar Rafah, Nuseyrat lageri va G‘azo markaziga hujum qildi. Bir kunda 51 kishi halok bo‘ldi. Urush boshlanganidan beri jami 34356 kishi shahid bo‘ldi, 77 437 kishi jarohatlandi.

▪️ G‘arbiy Sohildagi Tulkarmda qarshilik kuchlari bosqinchilar bilan jangga kirishdi.

Isroil milliy xavfsizlik vaziri Itamar Ben-Gvir Ramle shahrida (1948 yilgacha Falastin hududi bo‘lgan) yo‘l-transport hodisasiga uchradi. Uning avtomobili qizil chiroqda o‘tayotgan vaqtida boshqa transport vositasi bilan to‘qnashib, ag‘darilib ketgan. Vazir jarohat olib, kasalxonaga yotqizildi.

▪️ Xusiylar Qizil dengizda Britaniyaning Andromeda Star neft tankeriga hujum qildi.

▪️ AQSH, BMT, YEI va boshqa bir qancha davlatlar G‘azodagi ommaviy qabrlardan ko‘p sonli falastinliklar jasadlari aniqlanayotganidan xavotir bildirib, ushbu harbiy jinoyat qat’iy ravishda tergov qilinishi lozimligini ta’kidladi.

▪️ G‘azoda Sog‘liqni saqlash vazirligi: Qattiq issiq harorat tufayli bezgak, denge isitmasi va boshqa kasalliklarga chalingan falastinliklar soni ortib bormoqda.

▪️ Google yana 20 nafar xodimini Isroil hukumatiga hisoblash va sun’iy intellekt xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha 1,2 milliard dollarlik Nimbus loyihasiga qarshi namoyishlarda qatnashgani uchun ishdan bo‘shatdi.

▪️ AQSh Davlat departamentining arab tilidagi so‘zchisi, asli falastinlik Hala Rharrit Vashingtonning G‘azo sektoriga nisbatan siyosati bilan kelishmovchiliklar tufayli o‘z lavozimini tark etdi. Bu 2023 yil oktyabr oyidan beri boshqarmadagi uchinchi iste’fodir.

▪️ AQSh universitetlarida Falastinni qo‘llab-quvvatlab o‘tkazilayotgan namoyishlar bir haftadirki davom etmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!