Germaniyaning WELT nashri Ukrainadagi urushni 2022 yildayoq yakunlashi mumkin bo‘lgan maxfiy hujjatni e’lon qildi

Germaniyaning WELT nashri Ukrainadagi urushni 2022 yildayoq yakunlashi mumkin bo‘lgan maxfiy hujjatni e’lon qildi

Germaniyaning WELT nashri Ukrainadagi urushni 2022 yildayoq yakunlashi mumkin bo‘lgan maxfiy hujjatni e’lon qildi.

Shartnomada 2022 yil 15 aprelda Istanbulda bo‘lib o‘tgan muzokaralarda Ukrainani quyidagilardan voz kechishi belgilangan edi:

🔺NATO a’zoligi;
🔺yadro qurolini ishlab chiqarish va egalik qilish;
🔺ittifoqchilarning harbiy yordami va ularning hududida xorijiy qo‘shinlarning ishtiroki;
🔺boshqa davlatlar foydalanishi uchun o‘z infratuzilmasini (jumladan, aerodromlar va dengiz portlarini) berish;

Bunga javoban esa Rossiya quyidagilarni o‘z zimmasiga olishi kerak edi:
🔺Kelajakda Ukrainaga hujum qilmaslik;
🔺Boshqa davlatlardan Ukraina uchun xavfsizlik kafolatlariga qarshilik qilmaslik va hujum sodir bo‘lgan taqdirda 3 kun ichida Kiyevga yordam ko‘rsatish.

Kelishuvga ko‘ra, Rossiya, shuningdek, Donetsk va Lugansk viloyatlarining bosib olingan qismlarini hamda Qrim ustidan nazoratni saqlab qolar edi.

Ukraina Qurolli kuchlari soni va harbiy texnika miqdori bo‘yicha Moskva 85 ming, Kiyev 250 ming kishi bo‘lishini talab qilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!