Senatning 17 yalpi majlisi 30 iyul kuni chaqiriladi

Senatning 17 yalpi majlisi 30 iyul kuni chaqiriladi

Videokonferensaloqa tarzida o‘tadigan majlisda quyidagilar muhokama qilinadi:

🔹 «O‘zbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini ta’minlash to‘g‘risida»gi qonun;
🔹 «Zaytun moyi va zaytun mevasi to‘g‘risidagi xalqaro bitimga (Jeneva, 2015 yil 9 oktyabr) O‘zbekiston Respublikasining qo‘shilishi haqida»gi qonun.

Shuningdek, senatorlar 2021 yilgi Davlat dasturining birinchi yarim yillikdagi ijrosi bo‘yicha Vazirlar Mahkamasining hisobotini tinglaydi.

Bundan tashqari, IIVning huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi holati to‘g‘risidagi, qolaversa, Davlat ekologiya qo‘mitasi raisining davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxt va butalarning (moratoriy davrida) kesilishiga doir axborotlarini eshitiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!