Savdo sohasidagi korxonalar 2 oyda qancha soliq to‘lagani ma’lum bo‘ldi

Savdo sohasidagi korxonalar 2 oyda qancha soliq to‘lagani ma’lum bo‘ldi

Savdo sohasidagi korxonalar 2 oyda 3 trln so‘mdan ortiq soliq to‘ladi.

2024 yil yanvar-fevral oylarida savdo faoliyati bilan shug‘ullanuvchi 151 387 ta yuridik shaxs tomonidan 3,7 trln so‘mdan ortiq soliq to‘langan.

Soliq qo‘mitasi xabariga ko‘ra, shundan 326,1 mlrd so‘mi, ya’ni 8,7 foizi 20 ta korxona hisobiga to‘g‘ri keladi. Ularning jami tovar aylanmasi 7,5 trln so‘mni, qo‘llagan soliq imtiyozlari esa 162,3 mlrd so‘mni tashkil etgan.

Ushbu 20 ta soliq to‘lovchi tomonidan ta’minlangan tushumlar soliq turlari kesimida:

  • QQS – 98,7 mlrd so‘m;
  • foyda solig‘i – 84,5 mlrd so‘m;
  • JSHODS - 51,8 mlrd so‘m;
  • aksiz solig‘i - 47,7 mlrd so‘m;
  • ijtimoiy soliq - 27,6 mlrd so‘m;
  • mol-mulk solig‘i - 6 mlrd so‘m;
  • er solig‘i - 2,7 mlrd so‘m;
  • boshqa soliqlar - 7,1 mlrd so‘m.

Soliqlarning asosiy qismi o‘tgan yilgi yakuniy hisobotlar asosida to‘langan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!