Mingdan ortiq tojikistonliklar Qozog‘iston va Rossiya chegarasidagi "Sargarchin" nazorat-o‘tkazish punktida Rossiyaga kiritilmadi

Mingdan ortiq tojikistonliklar Qozog‘iston va Rossiya chegarasidagi "Sargarchin" nazorat-o‘tkazish punktida Rossiyaga kiritilmadi

Muhojirlar rossiyalik chegarachilar har bir tojikistonlik shaxsni alohida so‘roq qilib, telefonlarini sinchiklab tekshirayotganidan shikoyat qilmoqda.

“Biz Qozog‘iston va Rossiya o‘rtasida qolib ketdik. Boshqa fuqarolarga ruxsat berilgan, ammo tojikistonliklarga ruxsat berilmagan. Taxminan 180 ta mashina, aksariyati Tojikiston raqamlariga ega. Har bir mashinada 5 dan 10 tagacha yo‘lovchi bo‘ladi, ularning aksariyati ayollar va bolalardir”, — dedi muhojirlardan biri.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!