Saudiya Arabistoni klubi "Barselona"ga 100 mln yevro taklif qildi

Saudiya Arabistoni klubi "Barselona"ga 100 mln yevro taklif qildi

Saudiyaning "Al-Hilol" klubi "Barselona" vingeri Rafinya Diasni o‘z safiga jalb qilmoqchi.

Avval xabar qilinganidek, braziliyalik futbolchi bor e’tiborini butunlay "Barselona"ga qaratgan va kelayotgan yozda hech qayerga ketish niyatida emas, ammo Saudiya Arabistoni vakillari futbolchini qo‘lga kiritishga urinishdan voz kechishmayapti. Transfer News Live xabariga ko‘ra, "Al-Hilol" Rafinya uchun 100 million yevro taklif qilgan - Kataloniya giganti bu taklifni rad etishni istamaydi. Bundan tashqari, Saudiya klubi 27 yoshli futbolchining o‘zini ishontirish uchun uning hozirgi maoshini 3 barobar oshirishga tayyor.

Rafinya 2022 yilning yozidan buyon "Barselona"da o‘ynamoqda. Joriy mavsumda vinger “blaugrana” safida 28 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!