Sanoat eksportida diversifikasiya indeksi ijobiy tomonga o‘zgarmoqda

Sanoat eksportida diversifikasiya indeksi ijobiy tomonga o‘zgarmoqda

Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar institut (PMTI) ekspertlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi sanoat eksportining diversifikasiya darajasi baholandi.

Eksportni diversifikasiya qilish eksport qilinadigan tovarlar miqdorini oshirish va eksportning muvozanatli tarkibiga erishishni nazarda tutadi.

Tadqiqot chog‘ida 2010-2021 yillar oralig‘idagi davr baholandi. Ma’lum bo‘lishicha, bu davrda sanoat mahsulotlari eksportida diversifikasiya indeksi 4,82 dan 5,76 gacha ko‘tarilgan. 2010 yilda sanoat mahsulotlari eksportining yarmi (50 foizi) mineral yoqilg‘i va paxtaning hissasiga to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, 2021 yilda ushbu mahsulotlar ulushi 22 foizni tashkil etdi.

Kimyo va farmasevtika mahsulotlari eksport diversifikasiyasi indeksi ham eksportda o‘g‘itlar ulushining 78,5 foizdan 43 foizga kamayishi va bir qator boshqa tovarlar eksportining oshishi hisobiga 1,56 dan 2,76 gacha o‘sdi.

To‘qimachilik mahsulotlari va kiyim-kechaklar eksportida diversifikasiya darajasining 1,21 dan 2,34 gacha ortishi paxta eksporti hajmining sezilarli darajada kamayishi va uning eksportdagi ulushi qisqarishi, shuningdek, qayta ishlash darajasi yuqori bo‘lgan mahsulotlar ulushining oshishi bilan bog‘liq.

Charm-poyabzal sanoatida eksport diversifikasiyasi indeksi 1,67 dan 2,44 gacha oshdi. 2010 yilda bu yo‘nalishda eksportining 75 foizini xom ashyo tashkil etgan bo‘lsa, 2021 yilda bu ko‘rsatkich tayyor mahsulotlar eksportining oshishi hisobiga 43 foizga tushdi.

Mashinasozlik mahsulotlari eksportida diversifikasiya indeksi 2,04 dan 2,59 gacha oshdi. Eksportda yerusti transportining ulushi kamaydi, elektr mashinalar va uskunalar, mexanik asbob-uskunalar va shunga o‘xshash qurilmalar ulushi oshdi.

Sanoat eksportida diversifikasiya indeksi ijobiy tomonga o‘zgarmoqda

Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, O‘zbekiston sanoati eksportni kengaytirish va diversifikasiya qilishda yaxshi natijalarga erishmoqda. Shu bilan birga, kelgusida yanada yaxshiroq natijalarga erishish uchun katta imkoniyat va zaxiralar mavjud. Bu zaxiralardan esa ob’ektiv tarzda o‘zgarayotgan tashqi shart-sharoitlarga faol integrasiyalashuv orqali foydalanish mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!