«Samsung Galaxy Note 10» bugundan 70 ta mamlakatda sotuvga chiqdi

«Samsung Galaxy Note 10» bugundan 70 ta mamlakatda sotuvga chiqdi

Bugun, 23 avgustdan «Samsung» kompaniyasining «Galaxy Note 10» yangi flagman smartfoni 70 ta davlat sotila boshlandi. Bu haqda «Yonhap News» kompaniya vakillariga tayanib xabar tarqatgan.

Sentyabrning boshidan esa flagman sotiladigan mamlakatlar soni 130 taga ko‘payadi.

Smartfon savdosi Janubiy Koreya, AQSH, Kanada, Buyuk Britaniya, Fransiya, Rossiya, Singapur, Tailand, Hindiston, Avstraliya, shuningdek, Yevropa va Janubiy-Sharqiy Osiyoning boshqa davlatlarida start oldi.

Kompaniya vakillarining ta’kidlashicha, joriy yilning 9-19 avgust kunlari «Galaxy Note 10»ga oldindan buyurtmalar soni 1,3 mln.taga yetgan.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!