Samarqandlik Sherali Ashurov har kuni musulmonlarga bir qozon osh tarqatmoqda (video)

Samarqandlik Sherali Ashurov har kuni musulmonlarga bir qozon osh tarqatmoqda (video)

Moskvadagi Memorial masjidi shu kunlarda har qachongidan gavjum. Ramazon chodiri tadbirlari o‘tkazilayotgan bu maydonda yuzlab o‘zbekistonliklarni uchratish mumkin. Samarqandlik Sherali Ashurov bilan ham shu yerda tanishib, suhbatlashdik.

U masjid hovlisidagi o‘nlab muhojirlarga iftorlik tarqatish bilan band ekan. O‘sha yerda bildikki, Sherali ulashayotgan oshni uyidan keltirayapti.

O‘tgan yili 10 kun tarqata olgandik. Bu yil har kuni uyda bir qozon osh qilib, osh yetmaganlarga tarqatayapmiz. Ko‘p emas, 30 porsiya. Ammo chin ko‘ngildan, Alloh yo‘liga deya harakat qilayapmiz, deydi Sherali.

Uning aytishicha, Moskvada oilasi bilan yashab ishlaydi. Ayoli uyda 3 farzand tarbiyasi bilan band, o‘zi esa sartarosh-stilist. U har yili Ramazon oyida ro‘za tutish bilan birga ehson oshi tarqatishni odat qilgan.

Sherali Ashurov 15 yil avval muhojirlikka kelib, ishini qurilishdan boshlagan.

O‘sha paytlarda Samarqandda o‘rganib kelgan hunari sartaroshlik bor edi. Ammo Moskva muhitiga moslashish uchun biroz vaqt va tajriba kerak bo‘ldi. Shu bois Sherali ishlash bilan birga o‘z yo‘nalishi bo‘yicha tajribasini oshira bordi.

Shu tariqa universal usta bo‘lib yetishdi va poytaxtda o‘z o‘rnini topa bildi.

Ikki o‘g‘lim shu masjidga qatnaydi, ilm olayapti. O‘zim ham har juma kunini dam olish kuni deb belgilaganman, namozga kelaman. Shuning uchun ehsonni shu yerda tarqatish bizga qulayroq bo‘ldi, deydi Sherali.

Manba: minbar.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!