Samarqandlik erkak Istanbulda halok bo‘ldi

Samarqandlik erkak Istanbulda halok bo‘ldi

Istanbulda Samarqandlik erkak halok bo‘ldi.

O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasining xabar berishicha, joriy oyning o‘rtalarida Istanbul shahrining Sultanbeyli tumanida vaqtincha yashayotgan va ish faoliyatida bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi 1971 yil 14 mayda Samarqand viloyatida tug‘ilgan RUSTAMOV KAHRAMON AZAMOVICh ish joyida zinadan yiqilib xushini yo‘qotgan va voqea joyida vafot etgan.

"Hozirgi vaqtda fuqaroning jasadi kasalxonada morg bo‘limida bo‘lib, yaqin qarindoshlari yoki tanishlari zudlik bilan Bosh konsullik telefon raqamlari: (212)3232037; (212)3232036 yoki https://t.me/konsul_7_24 ga murojaat qilishlarini so‘rab qolamiz", deyiladi konsulxona xabarida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!