Samarqandda "Zil" avtomashinasi ag‘darilib ketdi

Samarqandda "Zil" avtomashinasi ag‘darilib ketdi

Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan "Samarqand - Payariq avtomobil yo‘lining Chelak shahri hududidagi yaqin joyda "Zil" avtomashinasi ag‘darilib ketdi” nomli videolavha yuzasidan ma’lumot berdi.

2021 yil 28 aprel kuni soat 07:45 larda Payariq tumani Tamoyrot MFY hududidan o‘tuvchi avtomobil yo‘lining “Samarqand-Chelak” yo‘nalishidan harakatlanayotgan haydovchi S.E. boshqaruvidagi “ZIL-MMZ-45021” rusumli avtomashina rul boshqaruvini yo‘qotishi natijasida ag‘darilgan. 

Avtomashina ag‘darilishi natijasida tan jarohati olganlar yo‘q. 

Haydovchi S.Eshmatov tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan va “hushyor” holatdaligi aniqlangan.

Mazkur holat Payariq tumani IIB YHXB xodimlari tomonidan rasmiylashtirilib, surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!