Samarqandda XVIII yozgi Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan samarqandlik sportchilarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi

Samarqandda XVIII yozgi Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan samarqandlik sportchilarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi

Samarqandda Indoneziyaning Jakarta va Palembang shaharlarida o‘tkazilgan XVIII yozgi Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan samarqandlik sportchilarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.  Tadbirga viloyatdagi sport federasiyalari mutasaddilari, murabbiylar, sportchi-yoshlar hamda ularning ota-onalari taklif etildi. Bu haqida «Daryo» muxbiri Farhod Norbo‘tayev xabar bermoqda.Tantanali tadbirda Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Erkinjon Turdimov xalqaro maydonlarda O‘zbekiston sharafini munosib himoya qilgan sportchilarni erishgan muvaffaqiyatlari bilan tabrikladi.- Osiyo o‘yinlaridagi g‘alabamni butun O‘zbekistogn, bag‘rikeng Samarqand ahli uchun bag‘ishlayman. Mening eng kata umidlarimdan biri amalga oshdi,— deydi Osiyo o‘yinlari bronza medali sohibi Nodira Gulova. – Zafarli onlarni davom ettirish maqsadida joriy yilning 8-12 noyabrda sambo bo‘yicha Jahon chempionatida munosib ishtirok etish uchun qizg‘in tayyorgarlik ko‘rayapmiz.Ushbu musobaqada ham yurtimiz sharafini munosib himoya qilab, oltin medalni qo‘lga kiritishga harakat qilaman.

Tadbirda O‘zbekiston, Osiyo va jahon arenalarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan sportchilar, murabbiylar va homiy tashkilotlar vakillariga viloyat hokimligining faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Ma’lumot uchun, Indoneziyada o‘tkazilgan Osiyo o‘yinlarida viloyatdan 25 sportchi ishtirok etib, o‘n marotaba shohsupaga ko‘tarildi.

Manba: daryo.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!