Samarqandda o‘zini o‘ldirgan erkakning cho‘ntagidan ayolining jasadi qayerda ekani yozilgan xat chiqdi

Samarqandda o‘zini o‘ldirgan erkakning cho‘ntagidan ayolining jasadi qayerda ekani yozilgan xat chiqdi

Samarqand va Jizzax viloyatlarida jinoyat sodir bo‘ldi. 

Ma’lum bo‘lishicha, shu yil 22 fevral kuni Samarqandning Payariq tumani, Chelak shahri Ko‘ktepa qishlog‘ida joylashgan uylarning birida 1980 yilda tug‘ilgan J.G.ning jasadi topilgan. U o‘zini osib o‘ldirgan. Uning cho‘ntagidan esa xat topilgan. Xatda erkak o‘z xotini 1991 yilda tug‘ilgan N.Gni o‘ldirib, Jizzax shahri, Kimyogar mahallasi, Sayilgoh ko‘chasidagi uyda ustidan qulflab ketganini yozgan. 

Ushbu xatga asosan yozilgan manzil borib ko‘rilganda haqiqatdan ham ayolning murdasi topilgan. Ayol shu yilning 17 fevralida o‘ldirilgani ma’lum bo‘lgan. Ayol ekspertiza xulosasiga ko‘ra “Bo‘yin a’zolarining qisilishi natijasida kelib chiqqan mexanik asfiksiya” natijasida vafot etgan. 

Ushbu holatlar yuzasidan hozirda JKning tegishli moddalar bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!