Samarqandda maktab o‘quvchisi bo‘lgan qizga jismoniy tazyiq o‘tkazib kelinayotgani aytilmoqda

Samarqandda maktab o‘quvchisi bo‘lgan qizga jismoniy tazyiq o‘tkazib kelinayotgani aytilmoqda

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqandda maktab o‘quvchisi bo‘lgan qizga jismoniy tazyiq o‘tkazib kelinayotgani aytilmoqda. Bolalar ombudsmani mazkur holatni o‘z kuzatuviga oldi.

O‘rganishlar davomida aniqlanishicha, 2009 yilda tug‘ilgan 7-“V” sinf o‘quvchisi U.A. (qiz bola)da qo‘lining ko‘karish holati borligi haqida uning sinfdoshlari shu yilning 19 aprel kuni xabar topib, ushbu maktabning ingliz tili o‘qituvchisi SH.SH.ga aytgan, lekin o‘qituvchi bolaga nisbatan sodir etilgan zo‘ravonlik yuzasidan tegishli ravishda xabar bermagan va bu borada chora ko‘rmagan.

Hozirda Payariq tumani IIB tomonidan holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Mazkur vaziyat kompleks ravishda tuman prokuraturasi, maktab inspektor-psixologi va tumanning “Inson” ijtimoiy himoya markazi xodimlari tomonidan o‘rganilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!