Samarqandda 40 nafardan ortiq odamni to‘plab to‘y o‘tkazgan oshxona egasiga chora ko‘rildi

Samarqandda 40 nafardan ortiq odamni to‘plab to‘y o‘tkazgan oshxona egasiga chora ko‘rildi

O‘zbekistonga koronavirus infeksiyasining kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan oilaviy tantana, to‘y, ma’raka va marosimlarni fuqarolarning uy-joyi va hovlisining o‘zida 30 kishidan ko‘p bo‘lmagan (faqat yaqin qarindoshlar va ushbu tuman hududida istiqomat qiluvchi boshqa qarindoshlar) hamda sanitariya va gigiyena talablariga qat’iy rioya etgan holda o‘tkazishga ruxsat berilgan.

Samarqand viloyati IIB axborot xizmati ma’lum qilishicha, 2020 yil 29 avgust kuni Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB 6-son IIBga Samarqand shahridagi Maroqand ko‘chasida joylashgan «Maroqand» oshxonasida 40 nafardan ortiq fuqaro bilan to‘y-marosimi o‘tkazilayotganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.

Hudud profilaktika inspektori tomonidan tergov oldi surishtiruv harakatlari olib borilganda, haqiqatan ham, ushbu oshxona ma’muriyati Respublika maxsus komissiyasining bayoni talablarini buzganligi aniqlangan.

Oshxona ma’muriyatiga nisbatan Ma’muriy javobgarlik kodeksining 54-moddasi 2-qismi (epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzish) bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, qonuniy qaror qabul qilish uchun Samarqand viloyati Davlat sanitariya epidemiologiya nazorati markaziga yuborilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!