Samarqand shahridagi 27-sonli maktabning 7-8 sinf o‘quvchilari “katta” o‘g‘irlikka qo‘l urishdi

Samarqand shahridagi 27-sonli maktabning 7-8 sinf o‘quvchilari “katta” o‘g‘irlikka qo‘l urishdi

2018 yil 12 iyunda Samarqand shahrida yashovchi B.T. shahar IIBga murojaat qilib, shu yilning 2 iyun kuni noma’lum shaxs Qahramon ko‘chasida qarovsiz qoldirilgan “Neksiya” rusumli avtomashinasi saloni ichida 2.900 AQSh dollari, fuqarolik pasporti, plastik kartochkasi va avtomashina hujjatlari bo‘lgan sumkasi o‘g‘irlab ketilgani haqida ma’lum qilgan. Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi.

Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Samarqand shaharida yashovchi 27-sonli o‘rta maktabning 7-8-sinf o‘quvchilari J.Z. va A.R.lar sodir etganliklari aniqlanib, ushlandilar.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra tergov harakatlari davom etmoqda.

Manba: 7news.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!