Rossiyaning Tula shahrida O‘zbekiston savdo uyi ochilishi mumkin

Rossiyaning Tula shahrida O‘zbekiston savdo uyi ochilishi mumkin

Tula shahrida O‘zbekiston savdo uyi ochilishi mumkin. Bu haqda Rossiya Federasiyasining O‘zbekistondagi Savdo vakolatxonasi matbuot xizmati xabar berdi.

Tula viloyati gubernatori Aleksey Dyumin, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Aleksey Gruzdev va Rossiyaning xorijiy davlatlardagi savdo vakillari ishtirokida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ushbu imkoniyat, shuningdek, respublika va Rossiyaning boshqa mintaqasi o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

Ishchi uchrashuv Tula viloyatining xorijiy davlatlar bilan tashqi savdo hamkorligini rivojlantirish istiqbollariga bag‘ishlandi. Qayd etilishicha, tadbirda viloyatdagi yetakchi eksportbop korxonalar ham ishtirok etdi.

“Tadbir dasturida Rossiyaning O‘zbekiston, Belarus, Turkiya va BAAdagi savdo vakillarining chiqishlari o‘rin olgan”, — deyiladi xabarda.

Xususan, Rossiyaning O‘zbekistondagi savdo vakili Konstantin Zligostev Tula viloyati va O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishning uchta yo‘nalishini taklif qildi.

Bu:

“INNOPROM. Markaziy Osiyo” kunlarida viloyat ko‘rgazma zalining (shou-rum) ochilishi;

Tula shahrida o‘zbek savdo uyining ochilishi;

“Uzlovaya” va O‘zbekiston erkin iqtisodiy zonalari o‘rtasida tajriba almashish.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!