Rossiyaning sanoat uskunalari ishlab chiqaruvchilari O‘zbekiston salohiyati bilan tanishmoqda

Rossiyaning sanoat uskunalari ishlab chiqaruvchilari O‘zbekiston salohiyati bilan tanishmoqda

Shu maqsadda respublikaga konchilik, metallurgiya va yuk tashish uskunalari ishlab chiqaruvchi 16 ta korxona vakillaridan iborat biznes missiyasi yetib keldi.

Ular mamlakatdagi yetakchi temir-po‘lat korxonasi – “O‘zmetkombinat” AJ ishlab chiqarish maydonlarida bo‘ldi. Uning rahbariyati qo‘shma loyihalarga qiziqish bildirdi, deb xabar qildi Rossiyaning Toshkentdagi savdo vakolatxonasi.

Oldinda yalpi majlis, “business-to-business” uchrashuvlar, “Texnopark” MCHJ va “Olmaliq KMK” AJga tashrif rejalashtirilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!