Rossiyalik talaba o‘zganing sahifasini buzib kirgani uchun 2 yilga qamalishi mumkin.

Rossiyalik talaba o‘zganing sahifasini buzib kirgani uchun 2 yilga qamalishi mumkin.

Rossiyaning Volgograd viloyatida yashovchi 1972 y.t. fuqaro o‘zining 12 yoshli farzandi maktab veb-sahifasidagi akkauntini noma’lum shaxs buzib kirib uning nomidan maktab o‘quvchilari guruhida nomaqbul suratlar joylashtirganligi sababli farzandini boshqa maktabga o‘tkazishga majbur bo‘lganligini ma’lum qilgan.

RF Polisiyasi tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida ushbu jinoyatni amalga oshirgan shaxs 2003 y.t. Ulyanovsk shahrida istiqomat qiluvchi universitet talabasi ekanligi aniqlangan.

Talabaga RF Jinoyat kodeksining 272-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilgan.

Talabaga 2 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi qo‘llanilishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!