Farg‘onada pul berishni va’da qilib, o‘smir bilan jinsiy aloqa qilgan yigit ushlandi

Farg‘onada pul berishni va’da qilib, o‘smir bilan jinsiy aloqa qilgan yigit ushlandi

Farg‘onada pul berishni va’da qilib, o‘smir bilan jinsiy aloqa qilgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda bugun, 19 aprel kuni viloyat Ichki ishlar boshqarmasi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, viloyat IIB tumanlararo patrul-post xizmati otryad xodimlari O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 128-moddasi 1-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etib, Oltiariq tumani IIB tomonidan qidiruv e’lon qilingan D.S.ni qo‘lga olgan.

“Qidiruvdagi shaxslar haqida biror ma’lumotga ega bo‘lsangiz, yaqin oradagi ichki ishlar bo‘limlariga xabar bering. Shaxsingiz sir saqlanishi ta’minlanadi”, deyiladi IIBning murojaatida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!