Rossiyaga noqonuniy kirgan ikki jurnalist g‘urbatda qoldi

Rossiyaga noqonuniy kirgan ikki jurnalist g‘urbatda qoldi

Rossiya chegarasini noqonuniy kesib o‘tgan ikki muxbirga nisbatan tergov boshlandi. Ular besh yilgacha qamoq jazosiga hukm etilishi mumkin.

Rossiya Federal xavfsizlik xizmati (RFB) Kursk viloyatidagi Rossiya chegarasini noqonuniy kesib o‘tib, Sudja shahriga yo‘l olgan ikki nafar, biri nemis va bir ukrainalik jurnalistga nisbatan tergov boshladi, deyiladi TASS xabarida.

“Rossiya RFB Germaniyaning «Deutsche Welle» teleradiokompaniyasi muxbiri (Rossiyada chet el agenti OAV sifatida belgilangan) Nikolas Saymon Konolli va Ukraina «1+1» telekanali muxbiri Natalya Nagornayaga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atdi. Ular noqonuniy ravishda Rossiya Federasiyasining Kursk viloyatining Sudja shahri yaqinidagi davlat chegarasini kesib o‘tgan. RFB tomonidan Rossiya Jinoyat kodeksining 322.3-moddasi bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda”, — deyiladi xabarda.

Ushbu moddada besh yilgacha qamoq jazosi nazarda tutilgan.

RFBning ta’kidlashicha, 17 avgustdan beri Rossiya chegarasini noqonuniy kesib o‘tgan yetti nafar xorijlik jurnalistga nisbatan tergov ishlari boshlangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!