Rossiyada o‘smirlar uchun vaksina ro‘yxatdan o‘tkazildi

Rossiyada o‘smirlar uchun vaksina ro‘yxatdan o‘tkazildi

Rossiyada COVID-19ga qarshi 12-17 yoshli o‘smirlar uchun mo‘ljallangan "Sputnik-M" vaksinasi ro‘yhatdan o‘tkazildi. Bu haqida gamaleya nomidagi Epidemiologiya ilmiy markazi direktori o‘rinbosari Denis Logunov xabar qildi.
"Bugun "Sputnik"dan bolalar uchun foydalanishga ruxrat olindi. Vaksina ro‘yxatdan o‘tkazildi", - dedi Logunov brifingda.
Eslatib o‘tamiz, oktyabr oyining o‘rtalarida Gamaleya nomidagi ITM direktori Aleksandr Ginsburg RIA Novostiga bolalar uchun ishlab chiqarilayotgan vaksina "Sputnik M", deb nomlanishi mumkinligini xabar qilgan edi. Vaksina nomidagi "M" harfi "dlya malenkix", ma’nosini anglatishini xabar qilgan edi.
Rossiya Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Aleksey Kuznesov aytishiga ko‘ra, bolalarni emlash ixtiyoriy ravishda bo‘ladi. Buning uchun ularning ota-onalari yoki qonuniy vakillarining ruxsati talab etiladi.
Rossiya Sog‘liqni saqlash vaziri Mixail Murashko aytishiga ko‘ra, emlash COVID-19dan himoyalanishning eng samarali chorasi bo‘lib qolayotgani haqida xabar qilgan edi. Bugungi kunda kasalxonada og‘ir ahvolda davolanayotganlarning aksariyati - vaksina olmaganlar.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda bolalarni emlash allaqachon boshlangan. Sog‘liqni saqlash vazirligi xabariga ko‘ra, bugungi kunga qadar Pfizer/BionTech vaksinasi bilan emlangan bolalar soni 312 mingdan ortib ketgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!