Rossiyada migrantlarni soxta registrasiyadan o‘tkazganlik uchun jinoiy jazo joriy etildi

Rossiyada migrantlarni soxta registrasiyadan o‘tkazganlik uchun jinoiy jazo joriy etildi

Rossiya prezidenti  Vladimir Putin xorijliklar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni soxta migrasion ro‘yxatga qo‘yganlik uchun jinoiy javobgarlik to‘g‘risidagi qonunni imzoladi.

Mazkur hujjat loyihasi o‘tgan yilning oktyabrida davlat dumasi tomonidan qabul qilingan va federasiya kengashi tomonidan ma’qullangandi.

Hujjatga ko‘ra, Rossiyada xorijliklar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni soxta migrasion ro‘yxatga qo‘yish 100 mingdan 500 ming rublgacha jarima yoki tegishli lavozimni egallash yoxud tegishli faoliyati bilan shug‘ullanish huquqidan mahrum qilingan holda uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Shu yilning yozida esa Rossiyadagi migrasion qonunchilikka yangi o‘zgartirishlar kiritilgan, unga ko‘ra, xorijlik fuqarolarni ish joyiga migrasion ro‘yxatga qo‘yish taqiqlangandi.

Ilgari migrantlarni xonadonga ham, ish joyiga ham rasmiylashtirish mumkin edi. Endilikda bu haqiqatan ham ish joyida yashash holati qayd etilganidagina mumkin bo‘ladi. Qonunga amal qilmagan xorijliklar mamlakatdan chiqarib yuboriladi.

Manba: kun.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!