Rossiyada koronavirusga qarshi dorilarning klinik sinovlari boshlandi

Rossiyada koronavirusga qarshi dorilarning klinik sinovlari boshlandi

Rossiyada koronavirus bilan og‘rigan bemorlarni davolash uchun Mefloxin, Gidroksixloroxin va Kopidavir dorilarining qiyosiy klinik sinovlari boshlandi. Bu haqda Federal biotibbiy agentlik matbuot xizmati xabar berdi.

Sinovlar A. I. Burnazyan nomidagi Federal tibbiy biofizik markazida COVID-19 tashxisi qo‘yilgan bemorlarning yozma roziligi bilan o‘tkaziladi.

Bahorning boshida Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Xitoydan tarqalgan, COVID-19 kasalligini keltirib chiqaradigan yangi koronavirusning tarqalishini pandemiya deb e’lon qildi. U bilan dunyo bo‘ylab 1,21 milliondan ortiq odam yuqtirildi, 67,6 ming kishi vafot etdi.

Rossiyada koronavirus 7497 kishida (81 sub’ektda) aniqlandi, shundan 494 nafari tuzalib, 58 nafari vafot etdi.

O‘zbekistonda kasallanganlar 504 kishini tashkil etdi. Davolanganlar 30 kishi. 2 kishi vafot etdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!