Rossiyada jirkanch jinoyatga qo‘l urgan o‘zbekistonlik ayol ushlandi

Rossiyada jirkanch jinoyatga qo‘l urgan o‘zbekistonlik ayol ushlandi

Rossiya Federasiyasi Tergov qo‘mitasining Sankt-Peterburg bo‘yicha tergov organlari tomonidan O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan 27 yoshli ayolga nisbatan jinoiy ish ochildi. U Rossiya Jinoyat kodeksining 127.1-moddasi 2-qismi «b, z» bandlarida (odam savdosi) nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda gumonlanmoqda.

Jinoiy ish materiallarida aytilishicha, 2018 yilning 12 sentyabr kuni gumonlanuvchi Korablestroiteli ko‘chasida joylashgan uylardan birining yonida 2018 yil 7 sentyabr kuni tug‘ilgan o‘z o‘g‘lini 280 ming rublga sotib yuborgan. Xaridor sifatida o‘zini tanishtirgan polisiya xodimi tezkor-tergov tadbirlarida ishtirok etdi, natijala ayol kishi qo‘lga olindi.

Ayni damda gumonlanuvchini hibsga olish va unga ayblov qo‘yish masalasi hal qilinmoqda.

Bola tegishli bolalar muassasasiga joylashtirildi. Jinoiy ish bo‘yicha tergov davom etmoqda.

Manba: kun.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!