Rossiya xavfsizlik kengashi kotibi Nikolay Patrushev Toshkentga keladi

Rossiya xavfsizlik kengashi kotibi Nikolay Patrushev Toshkentga keladi

Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi Nikolay Patrushev O‘zbekiston va Tojikistonga kelishni rejalashtirgan bo‘lib,  30 oktyabr kuni rasmiy tashrif bilan Tojikistonga boradi. 31 oktyabr kuni rasmiy tashrif bilan esa O‘zbekistonga keladi.

Patrushev ishtirokida xavfsizlik kengashi yo‘nalishi bo‘yicha o‘zbek-rus maslahatlashuvlari bo‘lib o‘tadi. Unda Afg‘oniston bilan chegara mavzusi ham muhokama qilinadi.

Patrushev muntazam ravishda boshqa davlatlardagi hamkasblari bilan xavfsizlik bo‘yicha ikki tomonlama maslahatlashuvlar o‘tkazib turadi.

 

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!