Rim papasi ilk bor Iroqqa qarab yo‘l oldi

Rim papasi ilk bor Iroqqa qarab yo‘l oldi

Joriy yilning 5-8 mart kunlari Rim papasi Fransisk Iroqqa safar qiladi, deya xabar bermoqda “Anadolu” agentligi. 

Shu paytgacha biror papa Iroqqa kelmagan. Katoliklarning hozirgi rahnamosi koronavirus pandemiyasi tufayli 2020 yildagi xorij safarlarini bekor qilgan edi. Vatikan papaning Iroqqa “birodarlik va umid” uchun borayotganini bildirdi. 

Qayd etilishicha, papa Fransisk xorij safarlari chog‘ida zirxli mashinadan foydalanmaydi, ammo Iroqda bu odatidan voz kechadi. 

Rim papasi Bag‘dodda muzokaralar o‘tkazgach, 6 mart kuni Najaf va Ur shaharlariga boradi. Najafda shialar yetakchisi Ali Sistoniy bilan, Urda esa yazidiylar bilan uchrashadi. 

Bundan tashqari, Fransisk 7 mart kuni Iroq kurd mintaqaviy boshqaruvi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazadi. 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!