«Real» maoshlar qisqartirilganini e’lon qildi

«Real» maoshlar qisqartirilganini e’lon qildi

Madridning «Real» klubi koronavirus pandemiyasi tufayli yuzaga kelgan tanaffus sababli sportchilar va xodimlar maoshining qisqartirilganini e’lon qildi.

«Qirollik klubi»ning barcha futbolchilari va basketbolchilari, shuningdek rahbariyat bunga rozi bo‘lishdi. Endi mavsumning qolgan qismi taqdiriga bog‘liq holda maoshlar 10-20 foizga qisqartiriladi.

Eslatib o‘tamiz, koronavirus pandemiyasi tufayli Ispaniya chempionati o‘yinlari noma’lum muddatgacha to‘xtatilgan. 27 turdan keyin «Barselona» 58 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. «Real» undan 1 ochko ortda qolgan ikkinchi o‘rinni egallab turibdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!