“Razbor xohlaysanmi?”: ikki deputatning janjali (video)

“Razbor xohlaysanmi?”: ikki deputatning janjali (video)

Bishkek shahar keneshining ikki deputati xo‘jalik uy-joy kommunal masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishida janjallashishdi.

Sputnik Qirg‘iziston xabariga ko‘ra, janjal deputat Kanatbek Muzuraliyev va komissiya rahbari Jumabek Salimbekov o‘rtasida yuzaga kelgan.

Deputat Muzuraliyevni Salimbekov yordamchisi Pavel Desyatnikovning deputatlar bilan bir qatorda o‘tirishi jahlini chiqargan. Ilgariroq Desyatnikov ikki fuqarolikda ayblanib, deputatlik mandatini topshirishga majbur bo‘lgandi. Poytaxt deputati Desyatnikov shahar keneshi apparati xodimlari o‘tiradigan joyga borib o‘tirishini talab qildi.

U hamkasbimiz edi, hurmat qilaman, lekin nega u boshqa joyda emas, biz bilan birga bir stol atrofida o‘tiribdi? Nega komissiya rahbari buni nazorat qilmaydi? Uning deputatlar bir qatorda o‘tirishga haqqi yo‘q , - deya e’tiroz bildirdi Muzuraliyev.

Salimbekov undan janjal uyushtirishni xohlayapsanmi deb so‘raydi va Desyatnikovni deputatlar bilan bir stol atrofiga o‘tqazishga qaror qilib, unga savol berish huquqini berganini aytadi. Muzuraliyevni bu javob qoniqtirmaydi. U deputat yordamchisi boshqa joyda o‘tirishi kerakligi va savol berishga hech qanday haq-huquqi yo‘qligini yana bir bor takrorlaydi.

Salimbekov mikrofonni o‘chirib, hamkasbini bas qilishga va yana boshlamaslikka chaqiradi.

Shundan so‘ng ular baland ovozda suhbatni davom ettirishadi. Salimbekov Muzuraliyevni bu kabi masalalarni hammani huzurida emas, balki tanaffus paytida hal qilish kerakligini aytadi.

Boshqa deputatlar janjal qilayotgan deputatlarni tinchlantirishga urinishadi. Salimbekov hamkasblariga mavzuga oid gapirishni taklif qiladi. G‘azab otidan tushmagan Muzuraliyev unga o‘zining yordamchilariga aql o‘rgatishni maslahat beradi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!