Rasul Kusherbayev: «Qo‘rqayapman...»

Rasul Kusherbayev: «Qo‘rqayapman...»

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zLiDeP fraksiyasi a’zosi Rasul Kusherbayev so‘z erkinligi bilan bog‘liq holatga o‘z fikrini bildirdi. U ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida quyidagicha post qoldirdi.

“Ayrim vakolatli va kuchli mas’ullarning ochiqlik, so‘z erkinligini bo‘g‘ishga bo‘lgan ochiqcha qarshiligi, bosimi, haqoratlarini eshitib bu yurtda Konstitusiya, qonunlar faqatgina oddiy fuqarolar amal qilishi shart bo‘lgan hujjatlar xolosmi, degan xavotir paydo bo‘layapti. Balki oshirvorgandirman, biroq bori shu.

Yaqinda bergan salomim o‘rniga "pogon"li bir shaxsdan "shakal" so‘zini qabul qilib olganimda men suyangan qonunlarning ahvolini ko‘rib ochiqchasiga qo‘rqishni boshladim. Qonunlarda ta’qiqlangan kamsitish, haqorat, bosim, zo‘ravonlik kabilar ayrim mansabdorlar, huquqni muxofaza qilishi kerak bo‘lganlarning kundalik ishiga aylanayapti. Chunki ularga kelganda qonun yo‘q.

Qonunlarimiz, ishonchimiz, irodamiz, davlat rahbarining odil islohotlariga bo‘layotgan javob uchun qo‘rqayapman.

Bolalar o‘z otalari har qanday paytda yo‘qolib qolishi, cho‘kib ketishi va uyiga qaytmasligini bilmay eshikka qarab kutib o‘tiradigan jamiyat paydo bo‘lib qolishidan qo‘rqayapman. Qo‘rqayapman...” – deydi deputat.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!