«Qo‘yliq dehqon bozori» AJ ishchisiga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi

«Qo‘yliq dehqon bozori» AJ ishchisiga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi

15 iyun kuni Toshkent shahar IIBBga 33 yoshli Azamat X. Murojaat qildi. U oziq-ovqat mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanish niyatida “Qo‘yliq” bozorining G‘ani ismli ishchisiga murojaat qilgan. G‘ani unga joy ajratib berishi evaziga 3.000 AQSh dollari so‘rab, oldindan 300 AQSh dollari to‘lashi kerakligini aytgan. Azamat 300 AQSh dollarini o‘shandayoq bergan, pulning qolgan qismini esa 15 iyun kuni berishiga kelishgan. Ammo belgilangan kunda G‘ani Azamatga faqat 1 iyul kunidan ish boshlashi mumkinligini aytgan. Ushbu harakat Azamatda shubha uyg‘otgach, u huquqni muhofaza qilish organlariga murojaat qilgan.

Azamat X.ning arizasiga ko‘ra Toshkent shahar IIBB JQB iqtisodiy xavfsizlik va korrupsiyaga qarshi kurash bo‘lishi xodimi tomonidan tekshiruv o‘tkazildi. “Qo‘yliq dehqon bozori” AJ yong‘in xavfsizligi bo‘yicha mutaxassis 56 yoshli G‘ani G. Azamatdan pul olib, o‘z ehtiyojiga sarflab yuborganini tan oldi.

Mazkur fakt asosida Bektemir tumani IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168 moddasi (“Firibgarlik”) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Tergov olib borilmoqda.


    Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

    Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

    Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!