"Qurol to‘g‘risida"gi qonun bizga kerakmi?

"Qurol to‘g‘risida"gi qonun bizga kerakmi?

Ma’lumotlarga ko‘ra, qonun loyihasi qurolga egalik qilish, sotish va qurolni O‘zbekiston hududida foydalanish tartibga solinadi. Ahamiyatli jihati shundaki, 18 yoshdan oshgan fuqarolar ma’lum tartiblarga rioya qilgan holda, o‘zlarini himoya qilish maqsadida fuqarolik qurollariga egalik qilishlari mumkin. Ya’ni bunda gazli va elektrli qurollar nazarda tutilmoqda. Loyihaga ko‘ra, bunday qurolga egalik qilish uchun Ichki ishlar vazirligining maxsus dasturiy tekshiruvlaridan o‘tish va Sog‘liqni saqlash vazirligining ruxsatnomalariga ega bo‘lish talab etiladi. Bundan ko‘rinib turibdiki, fuqarolik quroliga ega bo‘lish qat’iy tartib va talablardan iborat bo‘lib, istagan kishi uni sotib olish va foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lmaydi.

Qonun loyihasida qurolga ruxsat amalda bo‘lishini to‘xtatish uchun asoslar batafsil keltiriladi. Ular orasida ovchilik bileti amalda bo‘lishi to‘xtatilishi, qoidalarni qo‘pol buzganlik yoki ruxsat tugatilishi kabi me’yorlar nazarda tutilgan. Shuningdek, qaysi kasb egalarining qurolga ega bo‘lishi va qanday turdagi qurollardan foydalanish masalalariga ham aniqlik kiritiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining 1996 yil 27 fevraldagi 3-son qarori 2-bandiga muvofiq, pnevmatik qurol o‘qotar qurolga kirmasligi to‘g‘risida tushuncha berilgan. Ichki ishlar organlari tomonidan fuqarolarga pnevmatik qurolni O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish, olib chiqish, respublika hududida sotib olish, saqlash va olib yurish huquqini beruvchi ruxsatnoma yoki boshqa turdagi ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar berilishi ko‘zda tutilmagan. Ichki ishlar organlari tomonidan pnevmatik qurol muomalasi tartibi to‘g‘risida biror bir tushuntirish berilishi belgilanmagan. “Qurol to‘g‘risida”gi qonun loyihasi esa bu kabi huquqiy masalalardagi noaniqlikka barham berish va amalda qurol bilan bog‘liq barcha munosabatlarni qonuniy tartibga solishga xizmat qiladi.

Amaldagi tartibga ko‘ra, “Qurol to‘g‘risida”gi qonun loyihasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan uchta o‘qishda qabul qilingach, Senat tomonidan ma’qullanib, Prezident tomonidan imzo chekilgach qabul qilingan hisoblanadi.

UZ24: Xabar va yangiliklarni FacebookTwitterTelegram'da ham kuzatib boring

Manba: uz24.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!