Qo‘qonda qaynog‘asini o‘ldirib, xotinini pichoqlagan erkakka hukm o‘qildi

Qo‘qonda qaynog‘asini o‘ldirib, xotinini pichoqlagan erkakka hukm o‘qildi

Qo‘qon shahrida rashk sabab xotini va uning akasini pichoqlab qo‘ygan fuqaroga sud hukmi bilan 18 yil qamoq jazosi tayinlandi, deya xabar berdi «Daryo».

Ma’lum qilinishicha, 2020 yilning 16 noyabr kuni Qo‘qon shahrida yashovchi I.G. xonadoniga mehmonga kelgan qaynog‘asi R.M. bilan spirtli ichimlik iste’mol qilgan. Shundan so‘ng I.G. qaynog‘asiga xotinining xiyonat qilayotganini bilib qolganini, buning oqibatida oilasida har kuni janjal bo‘layotganini aytib, singlisini to‘g‘ri yo‘lga chaqirishini so‘ragan.

Fuqaro R.M. singlisining tarafini olib, kuyovi I.G. bilan janjallashgan. Oqibatda I.G. xontaxta ustida turgan bo‘sh aroq shishasi bilan qaynog‘asining bosh qismiga urgan. Shuningdek, oshxona pichog‘i bilan bo‘yin va tanasining turli qismlariga jarohatlar yetkazib, uni qasddan o‘ldirgan.

I.G. qo‘lidagi oshxona pichog‘i bilan xotini O.G.ga ham jiddiy tan jarohati yetkazgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Qo‘qon shahar sudining hukmi bilan I.G. Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi (qasddan odam o‘ldirish) hamda 104-moddasi 2-qismi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan aybli deb topilib, unga 18 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!