Qudratillo Abduqahhorov AQShga jo‘nab ketdi

Qudratillo Abduqahhorov AQShga jo‘nab ketdi

Superyarim o‘rta vazn toifasida professional bokschimiz Qudratillo Abduqahhorov (20-2-0) Amerika Qo‘shma Shtatlariga jo‘nab ketdi.

Charm qo‘lqop ustamiz okean ortida o‘zining navbatdagi jangi uchun aka-uka Diaslar jamoasi bilan birgalikda tayyorgarlik ko‘radi. Avvalroq hamyurtimiz yangi promouterlik kompaniyasi bilan shartnoma imzolagandi. Qudratilloning yangi menejeri Luis Kiki Magana — DAZN, Top Rank kabi ko‘plab mashhur kompaniyalar bilan birga ishlagan.

Ma’lumot uchun, Abduqahhorov so‘nggi jangini o‘tgan yilning 17 noyabr kuni Toshkentdagi "Humo Arena"da tanzaniyalik Maono Alliga qarshi o‘tkazgandi. O‘shanda 8 raund etib belgilangan jang ikkinchi raundda yakunlangan, Qudratillo raqibini nokaut orqali mag‘lub etgan edi.

Bu Abduqahhorov uchun ikkita ketma-ket mag‘lubiyatdan keyin qo‘lga kiritilgan g‘alaba bo‘lgandi. Hamyurtimiz hisobidagi g‘alabalar soni 20 tani (12 nokaut) tashkil etmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!