Qrimda samolyot ichida biznes-klassga intilgan janjalkash qo‘lga olindi

Qrimda samolyot ichida biznes-klassga intilgan janjalkash qo‘lga olindi

Qrimda Simferopol-Moskva reysida qo‘nish paytida yo‘lovchi qo‘lga olindi, deb xabar bermoqda AiF.

Erkak salonga mast holda kirib, garchi boshqa o‘ringa chipta sotib olgan bo‘lishiga qaramay, uni biznes-klassga joylashtirishlarini talab qildi. U styuardessalarga buning uchun shu yerda naqd pul to‘lashi mumkinligini aytdi va ularni haqorat qildi.

Polisiya kelib, undan samolyotni tark etishini so‘radi. Ammo u polisiyani ham haqorat qila boshlaydi. Natijada u polisiya mahkamasiga olib ketildi.

Ma’lum bo‘lishicha, Moskva viloyatining 31 yoshli fuqarosi ilgari ham qonunbuzarliklar sodir etgan. Endilikda unga ikki modda bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilmoqda, — dedi Rossiya Ichki ishlar vazirligining rasmiy vakili Irina Volk.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!