Qozog‘istonda o‘qituvchilarni ishga qabul qilish tizimi avtomatlashtirildi

Qozog‘istonda o‘qituvchilarni ishga qabul qilish tizimi avtomatlashtirildi

1 apreldan boshlab QR Ta’lim-maorif vazirligi Milliy ta’lim bazasida maktablarga o‘qituvchilarni ishga qabul qilish bo‘yicha yangi modulni ishga tushiradi. Ushbu tadbir korrupsiyaga qarshi kurashish va ochiq raqobat tartiblarini o‘tkazishga qaratilgan.

O‘qituvchilarni attestasiyadan o‘tkazish uchun hujjatlarni topshirish jarayonida ham avtomatlashtirish joriy etilmoqda.

Endilikda o‘qituvchilarning barcha ma’lumotlari «Pedagog portfoliosi» modulida jamlangan. Bu yerda o‘qituvchi, uning ma’lumoti, sog‘lig‘i, ish tajribasi, qonunbuzarliklar, attestasiya, mukofotlar va murabbiylik haqidagi elektron ma’lumotlar hamda raqamli hujjatlar saqlanadi.

“Ochiqlik va javobgarlik korrupsiyaga qarshi kurashda muhim o‘rin tutadi. Mazkur modullarni joriy etish orqali o‘qituvchilarni ishga qabul qilishda qog‘ozda hujjat aylanishi va korrupsiya xavfini to‘liq bartaraf etish ko‘zda tutilgan. Tizim ishga tushirilgunga qadar ta’lim tashkilotlari rahbariyati, bo‘limlari va mutaxassislari uchun treninglar tashkil etildi”, - deydi QR Ta’lim-maorif vazirligining Raqamlashtirish departamenti direktori o‘rinbosari Mayra Maralbayeva.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq ushbu modul Chimkent shahri va Qarag‘andi viloyatining Shaxtinsk shaharlarida sinovdan o‘tkazilgan edi.

Shuningdek, respublikaning boshqa hududlarida ham ish qidirish va zarur kadrlarni tanlash borasida shaffoflikni ta’minlash maqsadida “Elektron mehnat birjasi” platformasi bilan integrasiyalash ko‘zda tutilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!