Qosim-Jo‘mart To‘qayev byudjet mablag‘larini tejash va yirik tadbirlarni o‘tkazishdan voz kechishni buyurdi

Qosim-Jo‘mart To‘qayev byudjet mablag‘larini tejash va yirik tadbirlarni o‘tkazishdan voz kechishni buyurdi

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev mamlakatdagi yirik suv toshqinlari fonida hukumatga byudjet mablag‘larini tejash va yirik tadbirlarni o‘tkazishdan voz kechishni buyurdi.

To‘qayev bu haqda 16 aprel kuni suv toshqinidan keyin evakuasiya qilingan aholi bilan uchrashuvda ma’lum qildi. Prezident, shuningdek, davlat jabrlanganlarga suv toshqini yetkazgan barcha zararni qoplab berishini va’da qildi.

Avvalroq To‘qayev iyun oyida Qozog‘iston poytaxtida bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan Ostona xalqaro forumini bekor qilgandi. U o‘z qarorini "keng ko‘lamli vayronagarchilik oqibatlarini bartaraf etish va mamlakat fuqarolariga yordam ko‘rsatish uchun moliyaviy resurslarni tejash zarurati" bilan izohlagandi.

Qozog‘istonda mart oyi oxirida yirik suv toshqinlari boshlangandi. Bu vaqt ichida 100 mingdan ortiq odam suv bosgan hududlardan olib chiqildi, mamlakatning o‘nta hududida favqulodda holat e’lon qilingan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!