Qizil dengizda husiylar hujumidan keyin Transworld Navigator kemasiga zarar yetdi

Qizil dengizda husiylar hujumidan keyin Transworld Navigator kemasiga zarar yetdi

Liberiya bayrog‘i ostidagi yuk tashuvchi Transworld Navigator kemasiga Qizil dengizdagi husiylar tomonidan hujum qilindi, oqibatda kemaga o‘rtacha darajada zarar etdi.

Bu haqda AQSh Markaziy qo‘mondonligi (CENTCOM) X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ekipaj a’zolari yengil tan jarohatlari olishdi.

Ekipaj a’zolarining yengil jarohat olgani va kemaga zarar yetganiga qaramay, kema harakatlanishda davom etmoqda. Bu oxirgi marta Malayziya bandargohiga yetib borgan Transworld Navigatorga qilingan to‘rtinchi hujumdir.

2023 yilning 7 oktyabr kuni G‘azo sektorida Falastin-Isroil mojarosi avj olganidan so‘ng, Yamanning “Ansor Allah” (husiylar) harakati vakillari anklavdagi qirg‘in to‘xtamaguncha Isroilga zarba berishlarini va unga aloqador kemalarning Qizil dengiz va Bob al-Mandeb bo‘g‘ozidan o‘tishiga yo‘l qo‘ymasliklarini e’lon qilishgandi, deb xabar beradi report.az.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!