"Qaytasanmi, yo‘qmi?" Ayol yosh bolasining bo‘yniga pichoq tiradi (video +18)

"Qaytasanmi, yo‘qmi?" Ayol yosh bolasining bo‘yniga pichoq tiradi (video +18)

Moskvada ayol sobiq eriga agar uyga qaytmasa, bolasini o‘ldirish bilan tahdid qildi. Hatto farzandlaridan birining bo‘yniga pichoq ham tiragan.

Ayolning sobiq erining aytishicha, ajrashishganidan so‘ng bola onada qolgan. Erkak sobiq oilasini ko‘rgani kelganida esa ayol uyga qaytishini, agar qaytmasa, bolalarini o‘ldirishini ta’kidlagan.

Hozir bolani o‘ldiraman. Nima bo‘ldi? Erkak qochmasdan, bolasini himoya qilishi kerak, deydi ayol so‘ng ortida turgan notanish xizmat mashinasiga pichoq bilan zarba beradi.

Erkakning aytishicha, sobiq rafiqasi o‘sha paytda mast bo‘lgan. U shuningdek, shu paytgacha ayol farzandlarini ko‘ngildagidek parvarish qilganini ta’kidladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!