Qatortol ko‘chasida issiqlik quvurining yorilishi bo‘yicha rasmiy bayonot berildi

Qatortol ko‘chasida issiqlik quvurining yorilishi bo‘yicha rasmiy bayonot berildi

Toshkent shahar hokimligi Chilonzor tumani, Qatortol ko‘chasida issiqlik quvurining yorilishi bo‘yicha rasmiy bayonot berildi.

Unda aytilishicha, 2018 yil 13 sentyabr kuni 5-IM issiqlik manbai ta’sir doirasining mexanik zichlik va mustahkamligini aniqlash sinovlari o‘tkazilayotganda Qatortol ko‘chasidagi issiqlik tarmoqlarining eskirgan uchastkasida magistral quvurning yorilishi sodir bo‘ldi. Buning oqibatida asfalt qoplamasining buzilishi yuzaga keldi. Oqibatda “Spark” va “Matiz” rusumli yengil avtomobillarga zarar yetdi.

Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati tomonidan ma’lum qilinishicha, hozirda sinov o‘tkazish vaqtida yuzaga kelgan avariya holatini bartaraf etish ishlari olib borilmoqda. Avtomashinalarga yetgan zararlarni qoplash maqsadida esa “KROSS” sug‘urta kompaniyasi tomonidan baholash ishlari amalga oshirilyapti.

Xabarda aytilishicha, “Toshissiqquvvati” DUK 2018-2019 yillarda isitish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida Toshkent shahar Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish bosh boshqarmasi tomonidan tasdiqlangan jadvalga muvofiq, issiqlik tarmoqlarining rejali sinovlari o‘tkazilmoqda. Issiqlik tarmoqlarining sinovlari to‘g‘risidagi e’lon, ommaviy axborot vositalarida, xususan 2018 yil 28 avgust kungi “Vecherniy Tashkent” va “Toshkent oqshomi” gazetalarida hamda teploenergo.uz saytida yoritilgan.

Manba: xs.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!