Qashqadaryoda piyodani urib yuborgan Nexia haydovchisi qochib ketdi

Qashqadaryoda piyodani urib yuborgan Nexia haydovchisi  qochib ketdi


6 oktyabr kuni soat 04:30 larda Qarshi-Beshkent avtomobil yo‘lida piyoda bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. YTH oqibatida piyoda o‘z vaqtida ko‘rsatilmagan tibbiy yordam tufayli voqea joyida halok bo‘ldi.

Olib borilgan to‘sib ushlash tadbirlari natijasida ushbu YTHni Nexia avtomobili sodir qilgani aniqlanib, haydovchi ushlangan.

“Yo‘lga birdan odam chiqib qoldi. Mashina yon oynasi bilan urib ketdim. Tushib ikki marta tez yordam chaqirdim. Qo‘rqib ketdim, birinchi marta shunday bo‘ldi”, — deydi haydovchi.

Qarshi shahar IIO FMB tergov bo‘limi tomonidan tergovoldi surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!