Qashqadaryoda maktab direktori dars vaqtida o‘qituvchi va o‘quvchilarni shaxsiy qurilishida majburan ishlatdi

Qashqadaryoda maktab direktori dars vaqtida o‘qituvchi va  o‘quvchilarni shaxsiy qurilishida majburan ishlatdi



Qashqadaryo viloyati, G‘uzor tumanidagi 61-maktab direktori U. X. maktab yonidan yer maydonini auksion orqali yutib olib, qurilish ishlarini amalga oshirgan.

Qizig‘i ushbu qurilish ishlariga maktabning bir guruh o‘qituvchi va o‘quvchilarini jalb qilib kelgan.

Sud materialiga ko‘ra, ushbu qurilishlar uchun maktab o‘qituvchilariga "1 oktyabr O‘qituvchi va murabbiylar kuni" munosabati bilan mukofot puli yozdirib, so‘ng mablag‘ning bir qismini o‘ziga talab qilib olgan.

Bu harakatlar natijasida maktab direktori sud qaroriga ko‘ra, MJTKning 49-1-moddasi (Voyaga yetmagan shaxslarning mehnatidan foydalanishga yo‘l qo‘yilmasligi to‘g‘risidagi talablarni buzish) hamda 61-moddasi (Oz miqdorda talon-toroj qilish) 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etganlikda aybdor, deb topilib unga uzil-kesil BHMning besh baravari, ya’ni 1.700.000 so‘m jarima jazosi tayinlagan.

Majburiy mehnat va boshqa qonunbuzarliklar aniq ko‘rinib turgan mazkur holatda unga nega boshqa (engil) moddalar qo‘yilgani tushunarsiz.

Achinarlisi, o‘qituvchi va o‘quvchilarni feodal zamondagi kabi o‘z qulidek munosabat qiladigan maktab direktorining oramizda borligi ta’limdagi fojialarimizdan biri bo‘lsa kerak. Kadrlar tanlovida xato qilishda davom etayapmiz,- deydi Rasul Kusherbayev.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!