Qashqadaryoda fuqarolar hokim o‘rinbosarini do‘pposlashdi. Nega?

Qashqadaryoda fuqarolar hokim o‘rinbosarini do‘pposlashdi. Nega?

Qamashi tumani Alisher Navoiy nomli MFY hududida joylashgan “Fayz” nomli dehqon bozori atrofida 2023 yil 2 yanvar kuni taxminan soat 10:30larda Qamashi tumani hokimining o‘rinbosari M.N. va shu bozor rahbari A.A.lar tomonidan bozor hududida obodonlashtirish ishlarini olib borish hamda bozor atrofiga beton ariq o‘rnatish maqsadida tuman Obodonlashtirish bo‘limiga qarashli ekskavator mashinasini ishlatayotgan vaqtda “Fayz” dehqon bozori hududida savdo ishlari bilan shug‘ullanuvchi Qamashi tumanida yashovchi fuqarolar Q.S., B.N., T.Z. va I.A. hech bir sababsiz janjal chiqargan.

Janjal vaqtida fuqarolar Z.T. va N.B. qo‘llari bilan hokim o‘rinbosari M.N. qasddan bir necha marotaba urib, Qamashi tumani Obodonlashtirish bo‘limiga qarashli ekskavator mashinasi oynasiga tosh otib sindirib, “Fayz” nomli MCHJ rahbari A.A.ga tegishli “Nexia-2” rusumli avtomashinaga zarar yetkazib, fuqarolarni faol qarshilik ko‘rsatishga jalb qilgan.

Voqea joyiga Qamashi tuman IIB xodimlari chiqib, fuqarolarni tinchlantirib, jamoat tartibi saqlashga erishilgan.

Mazkur holat yuzasidan Qamashi tuman IIB huzuridagi TB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi “g” bandi (bezorilik, jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimaslik jamoat tartibini saqlash vazifasini bajarib turgan hokimiyat vakili yoki jamoatchilik vakiliga yoxud bezorilik harakatlarining oldini olish chorasini ko‘rgan boshqa fuqarolarga qarshilik ko‘rsatib sodir etilgan bo‘lsa) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!