Turkiya NATO Bosh kotibi lavozimiga kimni loyiq ko‘rmoqda?

Turkiya NATO Bosh kotibi lavozimiga kimni loyiq ko‘rmoqda?

Turkiya Nidirlandiya Bosh vaziri Mark Ruttening NATO Bosh kotibi lavozimiga nomzodini qo‘llab-quvvatlaydi.

Bu haqda Turkiyaning rasmiy manbalari ma’lum qildi, deb yozadi «Report» «Anadolu»ga tayanib.

Ma’lumotlarga ko‘ra, rasmiy Anqara bu qaror haqida alyansga a’zo mamlakatlarni xabardor qilgan.

Eslatib o‘tamiz, M.Rutte o‘tgan hafta Istanbulga tashrif buyurib, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on bilan uchrashib, undan yordam so‘ragan edi. Ular 26 aprel kuni yakkama-yakka uchrashuv o‘tkazdilar.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!