Qashqadaryoda bog‘cha bolalarining hojatxonaga qamab qo‘yilishi ortidan mudira va boshqalarga jinoiy ish ochildi

Qashqadaryoda bog‘cha bolalarining hojatxonaga qamab qo‘yilishi ortidan mudira va boshqalarga jinoiy ish ochildi

Qashqadaryoda bog‘cha rahbariyati tekshiruvchilardan yashirib bolalarni hojatxonaga qamab qo‘ygani, holat yuzasidan tegishli organlar tomonidan surishtiruv ishlari olib borilayotgani haqida xabar berilgan edi. Viloyat Maktabgacha ta’lim boshqarmasi matbuot xizmati ushbu bog‘cha mudirasi va boshqalarga jinoyat ishi ochilganini ma’lum qildi.

"Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Qarshi shahridagi 32-Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalarni hojatxonaga yashirib turilganligi holati va boshqa kamchiliklarni o‘rganish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Qarshi shahar bo‘limi tomonidan 2021 yil 29 noyabr sanasi bilan 1.18-799-21-sonli xat keldi.

Xatda “...Qarshi shahar maktabgacha ta’lim bo‘limi tasarrufidagi 32-sonli Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining 01.01.2021 yildan 01.11.2021 yilgacha bo‘lgan davrda moliya-xo‘jalik faoliyati yuzasidan o‘tkazilgan tekshirishda 80 million 153 ming 669 so‘mlik byudjet mablag‘larini o‘zlashtirish va rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilish hamda sud hujjatlarini ijro etmaslik jinoyati alomatlari bo‘lganligi sababli Qarshi shahar maktabgacha ta’lim bo‘limi tasarrufidagi 32-sonli Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti mudirasi Z.Q. (qisqartirma tahr.) va boshqalarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, jinoyat ishi dastlabki tergov harakatlarini olib borish uchun Qarshi shahar prokuraturasiga yuborildi” deya keltirib o‘tilgan.

Jarayon yuzasidan qo‘shimcha ma’lumotlar berib boriladi", deyiladi xabarda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!