Qashqadaryo hokimi Saida Mirziyoyeva e’tibor qaratgan muammoni nazoratga oldi

Qashqadaryo hokimi Saida Mirziyoyeva e’tibor qaratgan muammoni nazoratga oldi

Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyat “Jurnalistlar uyi” binosining achinarli ahvolga kelib qolganligi haqida xabar e’lon qilindi.

Mazkur holatga nisbatan viloyat hokimligi Matbuot xizmati rasmiy munosabat bildirdi:

Unga ko‘ra, Qarshi shahrida joylashgan “Jurnalistlar uyi”ning ta’mirlash ishlar oxiriga yetmay qolganligi bo‘yicha ma’lumot viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Z.Mirzayevga ma’lum qilingan.

Bu masalada viloyat hokimi joriy yilning 18 noyabr kuni mas’ullar bilan yig‘ilish o‘tkazib, tegishli topshiriqlarni bergan.

Jumladan, viloyat hokimi o‘rinbosari S.Azizov va viloyat moliya boshqarmasi boshlig‘i F.Yusupovlarga ta’mirlash ishlarini tez orada yakunlash bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilash, shuningdek, viloyat hokimi o‘rinbosari D.Allayevga qurilish yakuniga yetganidan so‘ng jurnalist va muxbirlarni ochiq va shaffof usulda binoga joylashtirish bo‘yicha viloyat hokimiga taklif kiritishi belgilangan.

Shuningdek, viloyat hokimi yuqoridagi masala bo‘yicha Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligining viloyat boshqarmasi boshlig‘i U.Nusurov bilan ham uchrashib, muammoni hal etish uchun harakat qilayotganligini, viloyatning jurnalist va ijodkorlari uchun munosib shart-sharoitlar yaratib berish bo‘yicha bir qator rejalari borligini ham ma’lum qilgan.   

Viloyat hokimi o‘rinbosari S.Azizovning ma’lum qilishicha, binoga hozirgacha 1 milliard 300 million so‘m sarflangan. Ammo,ta’mirlash ishlarini yakunlash uchun yana qo‘shimcha mablag‘ zarur. Ushbu mablag‘ masalasi hal etilishi bilan ta’mirlash ishlari boshlab yuboriladi. 

Ma’lumot uchun, AOKA rahbari o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva ham shu masalaga e’tibor qaratgan, "Achinarli ahvolga tushib qolgan Qashqadaryo viloyati Jurnalistlar uyi binosi, umid qilamizki, Qashqadaryo viloyati hokimligi tomonidan tez fursatda bartaraf etiladi. Biz ham uning foydalanishga topshirish marosimida ishtirok etib, bahonada viloyat jurnalist va blogerlari bilan uchrashishga tayyormiz", deb yozib qoldirgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!