Qarz uchun 5 ta traktor xatlandi

Qarz uchun 5 ta traktor xatlandi

Majburiy ijro byurosi Jizzax viloyat boshqarmasi bo‘lim ish yurituviga sudining qaroriga asosan «B.P.K.»MCHJdan TIF «Milliy bank» foydasiga 4,6 milliard so‘m kredit qarzini undirish, undiruvni qarzdor jamiyatga tegishli traktorlarga qaratish to‘g‘risidagi ijro hujjati kelib tushgan va ijro ishi qo‘zg‘atilgan.

Qarzdorga berilgan ixtiyoriy muddatda qarzdorlik bartaraf etilmaganligi sababli, ijro harakatlari davomida jamiyatga tegishli 5 ta traktor xatlanib, jarima maydonchasiga joylashtirildi.

Kelgusida mazkur mulklar elektron-onlayn auksion savdolarida sotilib, sotuvdan tushgan pullardan mavjud qarzdorliklar qoplanadi.

Jamiyat olgan kreditini muntazam to‘lab borganida, qishloq xo‘jaligi texnikasiga talab ortib borayotgan bir paytda texnikasidan ayrilmagan bo‘lar edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!