Qarshida YPX xodimlari va fuqarolar mushtlashdi. Hodisa yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qarshida YPX xodimlari va fuqarolar mushtlashdi. Hodisa yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Qarshi shahrida Patrul-post xizmati xodimlari va fuqarolar o‘rtasida janjal sodir bo‘lgani, unda har ikki taraf ham kuch ishlatgani tasvirlangan videolavha tarqaldi. Holat bo‘yicha IIV matbuot kotibi Shohrux G‘iyosov ma’lumot berdi. Unga ko‘ra, janjalda qatnashgan fuqarolarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ma’lum qilinishicha, joriy yil 16 sentyabr kuni soat 23:00larda Qarshi shahrida xizmat vazifasini bajarayotgan Patrul-post xizmati xodimlariga mast holatda bo‘lgan uch nafar fuqaro faol qarshilik ko‘rsatgan va o‘rtada janjal sodir bo‘lgan.

Qayd etilishicha, 1990 yilda tug‘ilgan N.A. hamda uning sheriklari 1995 yilda tug‘ilgan N.A. va 1987 yilda tug‘ilgan X.A.ga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183 va 194-moddalari hamda JKning 219-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda huquqbuzarlar prosessual tartibda qamoqqa olingan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!