Qamoqdagi Alvesdan 5 million dollar talab qilishmoqda

Qamoqdagi Alvesdan 5 million dollar talab qilishmoqda

"Pumas" Braziliya terma jamoasining sobiq himoyachisi Dani Alvesdan shartnomani buzgani uchun 5 million dollar talab qilmoqda, deb xabar beradi UOL.

Manbaning xabariga ko‘ra, Meksika klubi rahbariyati Alvesga xat yo‘llagan, unda u shartnomaning mojarolarda ishtirok etish va jinoyat sodir etishga yo‘l qo‘yilmasligi haqidagi bandiga muvofiq tovon to‘lashni talab qilgan. Bundan tashqari, "Pumas" barcha mumkin bo‘lgan qonuniy choralarni ko‘rish, jumladan FIFA bilan bog‘lanish huquqini o‘zida saqlab qoladi.

Alves 2022 yil 30 dekabr kuni Barselonadagi tungi klubda uchrashgan qizni zo‘rlaganlikda ayblanmoqda. 39 yoshli futbolchi 20 yanvar kuni qo‘lga olinib, hibsga olingan. Agar Alves aybdor deb topilsa, u 4 yildan 12 yilgacha qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin.

Avvalroq Braziliya terma jamoasi sobiq himoyachisining rafiqasi ajrashish uchun ariza berishga qaror qilgani ma’lum bo‘lgandi.

21 yanvar kuni "Pumas" Alves bilan shartnomani bekor qilganini e’lon qildi. Futbolchi jamoada 2022 yilning iyunidan buyon o‘ynab kelayotgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!